Buxoro tumani iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatiga Vobkent tumanida istiqomat qiluvçi fuqaro Navrözov Sa'dullo murojaat qilgandi.
U öz murojaatida «Sitora-avto savdo» MÇJ bilan Nexia-3 AV-CS16 rusumli avtomaşina sotib oliş uçun belgilangan tölovni amalga oşirib, şartnoma qilganini bildirgan. Şartnomaga asosan, 2019 yil 1 yanvarga qadar avtomaşina fuqaroga yetkazib berilişi belgilab qöyilgan. Agar öz vaqtida yetkazib berilmasa, korxona tomonidan har bir keçiktirilgan kun uçun 0,4 foiz miqdorida penya tölanişi şartnomada belgilab qöyilgan. Ammo iste'molçiga şartnomada körsatilgan muddatda avtomaşina berilmagan.
Ma'lum qilinişiça, fuqaro murojaati jamiyat mutaxassislari tomonidan örganilib, fuqaroga Nexia-3 AV-CS16 avtomaşinasi yetkazib berilişi ta'minlangan, şuningdek iste'molçining arizasiga binoan, keçiktirilgan muddat böyiça penya hisoblanib, korxona tomonidan fuqaroga 10.910.418 (ön million töqqiz yuz ön ming tört yuz ön sakkiz) söm penya puli tölandi.












