«Qizillar» Çempionlar ligasi çorakfinali javob uçraşuvida ham «ajdarlar»ni işonçli tarzda mağlub etişdi (4:1).

Çempionlar ligasi. 1/4 final. Javob öyini
«Portu» (Portugaliya) – «Liverpul» (Angliya) – 1:4 (0:1)
Gollar: Mane, 26 (0:1). Saloh, 65 (0:2). Eder Militau, 69 (1:2). Robertu Firmino, 77 (1:3). van Deyk, 84 (1:4).
«Portu»: Kasilyas, Eder Militau, Felipe, Pepe, Telles, Otaviu (Soares, 46), Danilu Pereyra, Errera, Korona (Fernandu, 78), Marega, Braimi (Brunu Koşta, 81).
«Liverpul»: Alisson, Aleksandr-Arnold (Gomes, 66), Matip, van Deyk, Roberson (Henderson, 71), Veynaldum, Fabino, Milner, Saloh, Origi (Robertu Firmino, 46), Mane.
Ogohlantirişlar: Mane, 32. Pepe, 36.
Hakam: Makkeli (Niderlandiya).
17 aprel. Portu. «Dragau» stadioni.
Birinçi öyin – 0:2.

Katalonlarga qarşi öyin imkoni
Bu öyindan oldin «Liverpul» ham, «Portu» ham bu juftlik ğolibini yarimfinalda «Barselona» kutayotganidan boxabar edi - katalonlar çorakfinalning javob uçraşuvida «MYu»ni yirik hisobda taslim etişdi. «Dragau»dagi javob uçraşuvi arafasida katalonlarga ötgan haftadagi birinçi öyinda 2:0 hisobida ustun kelgan inglizlar röbaru bölişi haqiqatga yaqin edi. Portugallar vaziyatni özgartiriş uçun öyin boşidan taşabbusni qölga olib, kamida ikki gol urişi va şu bilan birga öz darvozasidan gol ötkazmasligi talab etilardi.

Birinçi bölimda 15ta zarba
«Portu» kutilganidek öyinni hujumkorlik bilan boşladi va mehmonlarni jarima maydonçasiga qamab qöyişga harakat qildi. Öyinning ilk yarim soatida mezbonlar «qizillar» darvozasi tomon 15 bor zarba berdi, şundan 6tasi darvoza sohasi tomon aniq bordi. «Liverpul» esa 4ta zarba bilan javob qaytardi, şundan faqat bittasi aniq zarba. «Ajdarlar» töpga egalik qiliş borasida ham ustunlik qilişdi, mezbon futbolçilar nisbatan aniqroq pas berişdi, töp uçun kuraşlarda köp hollarda ustun kelişdi.

Mareganing faolligi
Portugallar barvaqt taslim bölişni istaşmadi va tanaffusga qadar barça futbolçilar hujumga ötişdi. Statistikaga köra birinçi bölimda «Portu»ning 8 futbolçisi kamida bir marta «Liverpul» darvozasini nişonga oldi, ulardan eng faoli Marega böldi. Portugallarning YeÇLdagi töpurari bölib turgan bu malilik futbolçi «Portu» zarbalarining uçdan bir qismi (5ta zarba) muallifi böldi. U istalgan nuqtadan turib zarba bera olişini namoyiş etdi va Alissonga tinçlik bermadi. Ammo braziliyalik darvozabon heç bir vaziyatda özini yöqotib qöymadi.