Oltin O‘zbekistonning asosiy eksportiga aylandi

Foto: monsame.mn
2019 yilning birinchi choragida oltin O‘zbekistonning asosiy eksport mahsulotiga aylandi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak beryapti.
Yanvar-mart oylarida eksport hajmi 4,1 mlrd dollarni tashkil etdi, undan 1,2 mlrd dollari yoki umumiy tuzilmadan 29,8 foizi oltin hissasiga to‘g‘ri keldi. Ikkinchi o‘rinda energiya tashuvchilar va neft mahsulotlari - 751 mln dollar (18,2%), uchinchi - xizmatlar 666 mln dollar (16,1%). Paxta tolasi 110 mln dollarga (2,7%), to‘qimachilik mahsulotlari 116 mln dollarga (8,9%) sotildi.
Bundan oldin, so‘nggi uch yil ichida O‘zbekiston 220 tonna oltin eksport qilgani ma'lum bo‘lgandi. Oltin eksporti 2016 yilda 70 tonnani tashkil etgan. Qiymat jihatidan bu 2,7 mlrd dollardan ortiqqa teng. 2017 yilda qimmatbaho metall eksporti 80 tonnani yoki 3,1 milliard dollarni tashkil etdi.
2018 yilda O‘zbekiston 70 tonna oltinni 2,9 mlrd dollarga eksport qildi (Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari). Markaziy bank hisobotiga ko‘ra, tovarlar eksporti hajmi 2017 yilga nisbatan 12 foizga oshdi. Shu bilan birga, oltinning qiymati (umumiy eksport hajmidan 25,5%) o‘rtacha yillik narx o‘sishi hisobiga ortdi.
Markaziy bank prognoziga ko‘ra, 2019 yilda oltinning o‘rtacha narxi o‘sishda davom etadi va bir troy unsiyasi uchun 1320 dollar bo‘ladi. Bunday prognozlarda joriy yilda qimmatbaho metall eksporti O‘zbekistonga 3,2 milliard dollardan ko‘proq pul keltirishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyaga Pokistondan migrantlar olib kirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi
Jahon | 07:57
-
Tramp Harvardni milliardlardan mahrum qilmoqchi
Jahon | 07:56
-
Fransiyada ultrao‘ng siyosatchilar ommaviy norozilik namoyishlar o‘tkazmoqchi
Jahon | 07:54
-
Tramp Britaniyaning Chagos arxipelagini Mavrikiyga topshirish to‘g‘risidagi qarorini tasdiqladi
Jahon | 03:59
Mavzuga oid

14:13 / 17.03.2025
Tabiiy gazdan go‘shtgacha – 86 turdagi tovarlarga eksport boji joriy etildi

09:51 / 17.03.2025
Qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarish rag‘batlantiriladi

08:27 / 10.03.2025
SIPRI: AQSh qurol eksportini oshiryapti, Rossiya - qisqartiryapti

17:59 / 06.03.2025