Sönggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarning trend mavzularidan biri heç şubhasiz haydovçilar va YHXX (quyida heç voz keçolmayotganimiz – «GAI» atamasini qöllaymiz) xodimlari örtasidagi tortişuvlar aks etgan videolavhalardir. Bu roliklar e'lon qilinganidan söng yaşin tezligidan tarqaladi, turli-tuman izohlar bilan tölib toşadi. Xöş, bu örinda kim köproq haq? Haydovçi «GAI» xodimi iştirokidagi özi tuşgan vaziyatni yoki guvohi bölgan holatni videoga olişi va ommaga tarqatişi mumkinmi?
Asrimizning eng kuçli «qurol»laridan biri kamera, töğriroği hamişa xizmatimizga şay bölgan telefonlarimiz kamerasi bölib qolgan. Har qanday vaziyatda ular yordamida «himoyalaniş»ga va örni kelganda «dalil töplaş»ga oşiqamiz. Haydovçi va «GAI» xodimi örtasidagi tortişuvlarda ham asosiy vosita telefon böladi va uning beminnat xizmati orqali internet lavhalar bilan töladi.
Bunday videolavhalarning mutlaq köpçiligida haydovçi «GAI» xodimlarining nohaqligini, uquvsizligini körsatişga urinadi, zör berib adolat yöqligini ta'kidlaydi, özining mutlaq haq bölib turgani holda beayb jazolanayotganidan yozğiradi.
Albatta, çindan ham «GAI» xodimlari nohaq bölgan holatlar ham ançagina qayd etilgan. Ammo haydovçilar özlarining qoidabuzarliklari haqida jim turişni afzal bilişadi, ya'ni «GAI» nohaq bölsa jar soliş mumkin, özlari yaqqol qoidabuzarlik sodir etganlarida universal qurol – telefon kamerasi «öçirib» turiladi, bu haqda oşkor etmaslikka harakat qilinadi.
Xöş, özaro munosabatlarni, köp yuzaga keluvçi tortişuv va ziddiyatlarni videoga muhrlaş kimga va nima uçun kerak?
Ma'lumki, şu yilning özida, yaqin oylar içida barça «GAI» xodimlari bodi-kameralar bilan jihozlanadi. Bundan bir neçta maqsadlar közlangan – harakat xavfsizligini ta'minlaş, poraxörlikka qarşi kuraş, vaziyatni yaqqol isbotlab beriş: tortişuvlarga örin qoldirmaslik va boşqalar.
Ammo haydovçilar bodi-kameralarsiz ham videolavhalarni töldirib taşlaşmoqda. Ular bunga qay darajada haqlilar?
Joriy yilda IIV YHXBB iştirokida köplab tadbirlar bölib ötdi va bu masala ham örtaga taşlandi.
IIV yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi matbuot xizmati boşliği Akmal Yunusov aynan haydovçi va YHXX xodimi örtasidagi tortişuvlar aks etgan videolavhalarga ham töxtaldi:












