17 aprel kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi binosida Agentlik rahbariyatining “KISS GROUP” (Vengriya) kompaniyalari guruhi vakillari bilan uçraşuvi bölib ötdi. Bu haqda LBMA axborot xizmati xabar bermoqda.

Uçraşuv doirasida Jizzax viloyatini ilğor mintaqaga aylantirişni nazarda tutuvçi, şu jumladan, investitsiyalarni faol jalb etiş va yuqori texnologiyali işlab çiqarişni taşkil etişni nazarda tutuvçi “Ilğor hudud” pilot loyihasini amalga oşiriş böyiça Agentlikning amalga oşirilayotgan işlari muhokama qilindi.

Xususan, Vengriya tomoni bilan Jizzax viloyatida ösimlik yoği işlab çiqarişni taşkil etiş böyiça qöşma loyihani amalga oşirişga oid dastlabki kelişuvga erişildi (yiliga 100 ming tonna yoğ işlab çiqariş quvvatiga ega zavod qurilişi). Mahsulotlar ham içki bozorga, ham eksportga yönaltirilişi rejalaştirilyapti.

Şu kuni manfaatdor vazirliklar va idoralarning taklif etilgan vakillari bilan ikkinçi uçraşuv bölib ötdi; unda zavodni quriş uçun hududni tanlaş, zavodni zarur xomaşyo bilan ta'minlaş uçun Jizzax viloyatida kungaboqar va boşqa yoğli uruğlarni yetiştiriş imkoniyatlari, şuningdek, uruğ yetiştirişni muvofiqlaştiruvçi taşkilotni tanlaş yoki taşkil etiş masalalari muhokama qilindi (masalan, integrator taşkilot).

Bundan taşqari, ösimlik yoğlari va mol yemi sifatida işlatilişi mumkin bölgan uruğlardan olingan qöşimça mahsulotlarini (ikkinçi darajali) sotiş uçun qulay savdo nuqtalarning va hosil uçun omborxonalar mavjudligi yoki ularni yaratiş masalalari muhokama etildi.

Uruğlarni (hosilni) yiğiş va işlab çiqarilgan ösimlik yoğini iste'molçilarga yetkaziş uçun logistika tarmoğini yaratiş kabi muhim masala ham muhokama etildi.