Liviyaning harbiy prokuraturasi Liviya milliy armiyasi qömondoni marşal Halifa Haftarning hibsga olinişiga order berdi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar berdi.   

Xabarga Haftar va uning 6 safdoşining ismlari keltirilgan orderlar nusxalari ilova qilingan.

Harbiy prokuratura milliy kelişuv hukumati boşçiligida işlab, Tripolida joylaşgan. 

4 aprelda Haftar Tripoliga yuriş boşlanişini e'lon qilgandi. Şu kuniyoq ilk janglar boşlanib, ular natijasida milliy armiya bir neça aholi punktlari ustidan nazoratni qölga kiritgan. Öşandan beri janglar oqibatida 200 ga yaqin odam halok bölgan.

BMT Xavfsizlik kengaşi va “Katta yettitalik” davlatlari taşqi işlar vazirlari ixtilofni harbiy yöl bilan hal qilib bölmasligini ta'kidlab, Haftarni jangovar harakatlarni töxtatişga çaqirişgan.