Ta'lim tizimida qanday işlar olib borilayotgani hamda bu yilgi obuna mavsumida turli miş-mişlarga sabab bölgan «majburiy obuna» masalasiga oydinlik kiritiş maqsadida jurnalist Sitora Tojiddinova Özbekiston Respublikasi xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov bilan suhbatlaşdi. 

«Men gazeta öqiyman. Nafaqat gazeta, balki barça ommaviy axborot vositalari, internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlarni ham kuzataman. Gazetalar zör bölsin, xalq öqisin. Meni gazetaning duşmaniga çiqariş kerak emas.

Lekin birorta davriy bosma naşrda marketing böyiça mutaxassis yoki iqtisodiy rivojlaniş bilan şuğullanuvçi mutaxassis yöq. Bir boş muharrirga gazeta maktablarga vaqtida yetib bormayotganini aytdim. U buni esa poçtaning aybi ekanini bildirdi. Mayli, poçta aybdordir. Biroq bu bilan uning işi yurişib qolmaydi-ku», - dedi u.

«Bir gapni yana ta'kidlaşni istayman, men majburiy degan narsaga qarşi böldim. Gazetaga, ixtiyoriy obunaga emas. Şu narsada sal tuşunmovçilik bölyapti. Mana, öqituvçini majburiy mehnatdan, majburiy obunadan, majburan qandaydir homiyliklar qilişdan xalos qildik. Lekin gazeta öqimasin, demadik. Misol uçun, mening çöntagimda ma'lum miqdorda pulim bor. Unga xohlasam, suv olib içaman, xohlasam bolalarimga nimadir xarid qilaman, xohlasam, gazetaga obuna bölaman. Ya'ni öqituvçi öz pulini özi istaganiça işlatsin. Men bunday holatda qanday qilib uni çeklaşim mumkin. Yana takror aytaman: men gazetaning duşmani emasman», - deya ma'lum qilgan Şermatov.