Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Şoliçilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm ilmiy- tajriba stansiyasi negizida Şoliçilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filiali taşkil etildi.

Quyidagilar filialning asosiy vazifalari etib belgilandi:

hududning tuproq-iqlim şaroitlariga mos, yuqori hosilli, kasalliklarga çidamli, guruçining yuqori sifat körsatkiçlari böyiça ajralib turuvçi şoli navlari va duragaylarini yaratiş böyiça tadqiqotlarni kengaytiriş;

yangi va istiqbolli şoli navlarining birlamçi uruğçiligini taşkil etiş, uruğçilikning ilmiy asoslarini işlab çiqiş;

şoli yetiştirişda zamonaviy resurstejamkor va suv tejovçi texnologiyalarni yaratiş va işlab çiqarişga joriy etiş;

çet el ilğor tajribalarini qöllagan holda hosildorlikni oşiriş hamda yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş böyiça tavsiyalar işlab çiqiş;

şoli ekinidagi kasallik va zararkunandalarga qarşi kuraşda atrof-muhitning ekologik muvozanatiga ta'sir etmaydigan usullarni işlab çiqiş;

şoli ekinini yetiştirişdagi asosiy agrotexnik tadbirlarni innovatsion texnologiyalar asosida mexanizatsiyalaşni joriy etiş;

sohaning yetakçi xorijiy ilmiy muassasalari bilan qöşma ilmiy loyihalarni amalga oşiriş maqsadida hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş, şoliçilikni rivojlantiriş muammolariga bağişlangan loyiha va investitsiyalarni jalb qiliş, tajriba almaşiş, konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlar ötkaziş;

şoli va dukkakli don ekinlarini yetiştirişni rivojlantiriş yuzasidan tavsiyalar işlab çiqiş;

yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlaş, ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini doimiy oşiriş va takomillaştiriş.

Filialga Xorazm viloyati, Gurlan tumani, Şolikor qişloği, “Çinobod” muqobil maşina traktor parki hududidagi 1800 kv.m. böş turgan yer maydoni bino va inşootlar quriş uçun hamda Gurlan tumanidagi 82 gektar suğoriladigan yer maydonlari doimiy foydalaniş huquqi asosida ilmiy-tadqiqot işlari uçun ajratiladi.