Vazirlar Mahkamasining qarori bilan xorijda istiqomat qilayotgan vatandoşlar va ularning oila a'zolarini Özbekiston Respublikasiga taklif qilişni rasmiylaştiriş va köp martalik kiriş vizalarini beriş xamda ularni içki işlar organlari tomonidan vaqtinça propiska qiliş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga köra, vatandoşlarni Özbekiston Respublikasiga taklif qiliş uçun taklif qiluvçi doimiy istiqomat qiladigan joyidagi MvaFR bölinmasiga murojaat qilişi va quyidagi hujjatlarni taqdim etişi lozim:
belgilangan namunadagi 2 nusxada ariza-anketa;
taklif qiluvçining pasporti (nusxasi olinib, asli qaytarib beriladi);
vatandoşning şaxsini tasdiqlovçi hujjat (pasport, harakatlaniş hujjati va boşqalar) nusxasi;
taklif qiluvçining vatandoş bilan qarindoşlik darajasini tasdiqlovçi hujjatlar (nikoh tuzilganligi va tuğilganlik töğrisidagi guvohnomalar yoki ularning örnini bosuvçi hujjatlar, nusxasi olinib, asli qaytarib beriladi);
agar vatandoş Özbekiston Respublikasiga oila a'zolari bilan birgalikda keliş niyatida bölsa, ularning har birining şaxsini va qarindoşlik darajasini tasdiqlovçi hujjatlarining nusxalari;
taklif qiluvçining 3,5 x 4,5 sm ölçamli ikki dona fotosurati;
davlat boji tölanganligi haqidagi kvitansiya.
MvaFR bölinmasi uç iş kuni mobaynida ariza-anketani va taqdim etilgan boşqa hujjatlarni körib çiqadi, vatandoşning taklif qiluvçiga qarindoşlik darajasini örganib çiqadi hamda vatandoşlar va taklif qiluvçining şaxsini içki işlar organlaridagi mavjud ma'lumotlar bazasi böyiça tekşiradi.
Ariza-anketa örganib çiqilgaç, agar vatandoşning Özbekiston Respublikasiga kelişiga içki işlar organlarida tösqinlik qiluvçi ma'lumotlar aniqlanmasa, ariza-anketaning bir nusxasini kelişiş uçun vakolatli organga yuboriladi.
Vakolatli organ bilan kelişilganidan va ijobiy qaror qabul qilinganidan söng muvofiq şaklidagi taklifnoma töldirilib MvaFRB bölinmasi boşliği yoki uning örinbosari tomonidan imzolanadi, gerbli muhr bilan tasdiqlanadi va bevosita taklif qiluvçiga yoki uning işonçli vakiliga beriladi.
Vatandoşlarni taklif qiliş haqidagi hujjatlarni körib çiqiş muddati ön beş iş kunidan oşmasligi lozim.
Taklifnoma berilgan kundan boşlab uç oy davomida amal qiladi. Taklif qiluvçi uşbu muddat mobaynida taklifnomani Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti yoki vazirlikning Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bölinmalariga kiriş vizalarini rasmiylaştiriş uçun taqdim etadi.












