«Real» yaqin vaqtlar içida «Ayntraxt»dan serbiyalik hujumçi Luka Yoviçni transfer qiliş böyiça işlarni yakunlaydi.
AS ma'lumotiga köra, klublar uşbu yoş forvard transferi böyiça kelişuvga erişiş arafasida turibdi. Transfer qiymati 50-60 mln yevro atrofida böladi. Bu mablağning 20 foiz qismi futbolçining sobiq klubi «Benfika»ga tegadi.
Madridliklar Yoviç Karim Benzemaga munosib örinbosar bölişiga işonç bildirişmoqda.
Yoviç uçun raqobatda «Real» «Bavariya»ni ortda qoldirgan. Bu futbolçiga «Barselona» tomonidan ham jiddiy qiziqiş bildirilgan, ammo katalonlar klubi keyinçalik bu futbolçi transferidan voz keçişgan.
Yoviç transferi munosabati bilan «Real» «Rayo Valekano»dan Raul de Tomasni qaytarmoqçi emas.
21 yoşli Yoviç Germaniya çempionatining joriy mavsumida 27 öyinda maydonga tuşib, 17 golga mualliflik qilgan.











