Qozoğistonning Jambul oblastida röy bergan va özbekistonlik yölovçilar ölimi bilan yakunlangan yöl-transport hodisasi yuzasidan Özbekiston va Qozoğiston favqulodda vaziyatlar va soğliqni saqlaş vazirliklari tomonidan hamkorlikda barça zarur harakatlar amalga oşirilmoqda.

Ayni vaqtda Özbekiston Respublikasining Qozoğiston Respublikasidagi elçixonasi xodimlari jabrlanganlar yotqizilgan şifoxonada bölib turişibdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berişiça, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev topşiriğiga köra hukumat komissiyasi tuzildi. Komissiya tarkibi favqulodda vaziyatlar, taşqi işlar, içki işlar, soğliqni saqlaş vazirliklari va boşqa idoralar vakillaridan iborat.

Komissiya a'zolari jabrlanganlarga yordam körsatilişini taşkil qiliş va YTH sabablarini örganiş maqsadida voqea joyiga yetib borgan.

Hukumat komissiyasiga Qozoğiston tomoni bilan kelişilgan holda halok bölganlar va jabrlanganlarni vatanga olib keliş, ularning oilalariga zarur yordam körsatişni taşkil etiş vazifasi topşirilgan.

«20 aprel şanba kuni tonggi soat 05:09da Qozoğistonning Jambul viloyati Qorday tumanidagi «Çimkent-Olma-ota» trassasining 181-kilometrida avtobus iştirokida yöl-transport hodisasi röy berdi. Avtobusda 49 nafar yölovçi bölgan. Yöl-transport hodisasi natijasida 11 kişi halok bölgan. Ularning uç nafari Özbekiston Respublikasi fuqarolaridir: 1993 yilda Toşkent viloyati Ohangaron tumanida tuğilgan Abduxoliqov Örinboy Mirhamid öğli; 1972 yilda Toşkent viloyati Quyiçirçiq tumanida tuğilgan Yormekboyeva Dilorom Abduxoliqovna; 1988 yilda Qoraqalpoğiston Respublikasida tuğilgan Kalmuratov Alişer Safarbayeviç.

32 nafar kişi turli darajadagi tan jarohati olgan, ularning 13 nafari Özbekiston Respublikasi fuqarolaridir. Jarohatlanganlarning uç nafari oğir ahvolda qolmoqda», deyiladi FVV tomonidan Kun.uz’ga taqdim etilgan axborotda.

Mazkur yöl-transport hodisasida halok bölgan Özbekiston fuqarolarining röyxati:

Abduxaliqov Örinboy Mirxamitoviç, 1993 y.t.;
Kalmuratov Alişer Saparbayeviç, 1988 y.t.;
Yermekbayeva Dilorom, 1972 y.t.;

Tan jarohati olganlar röyxati:

Öljabayev Abbos, 1994 y.t;
Xayitbayev Omirbek, 1988 y.t;