Özbekistonga davlat taşrifini amalga oşirayotgan Koreya Respublikasi prezidenti Mun Je In Samarqand şahriga taşrif buyurdi.
Taşrif dasturiga muvofiq koreyalik prezident Samarqanddagi bir qator tarixiy obidalar va qadamjolarni ziyorat qilişi közda tutilgan.
«Men Özbekistonga kelayotganimda 1400 yil oldingi bir kunni yodga oldim. U qadimiy koreys davlati elçilari Samarqandga kelgan kundir. Otga yoki tuyaga minib dam olmasdan maşaqqat çekib kelişlariga ikki oyça vaqt ketgandir? Baland toğ tizmalari, adirlar va çöllardan ötib, qor va yomğirda qolib, ba'zida jazirama va sovuq bilan kuraşib uzoq vaqt sarflagan bölsalar kerak. Bugun siz azizlar kabi 1400 yil oldin Özbekistonning qadimiy ahli ham uzoqdan kelgan mehmonlarni iliq kutib olgan. Mustahkam döstlik va işonç Afrosiyobning ğarbiy devoridagi sur'atda öz aksini topgan. Garçi, Koreya va Özbekiston bir biridan uzoqda bölsa ham qadimiy koreys davlati davridan boşlab elçilari kelib ketadigan döst davlatlar bölgan», deya Mun Je Inning sözlarini keltirmoqda Samarqand viloyati hokimining telegramdagi kanali.












