Liviya poytaxti Tripoli atrofida olib borilayotgan harbiy harakatlar oqibatida halok bölganlar soni 220 kişini taşkil qilmoqda. Bu haqda Butunjahon soğliqni saqlaş taşkilotining mahalliy bölimi matbuot xizmati xabar bergan.
Qayd etilişiça, qurolli nizolar davomida 1066 kişi jarohat olgan.
«Halok bölganlar tinç aholi vakillari orasida tibbiyot xodimlari, ayollar va bolalar ham bor», deyiladi xabarda.
Bundan avvalroq BMT Liviyadagi jabrlanuvçilar uçun 2 million dollar yordam mablaği ajratgandi.
2019 yilning 4 aprel kuni Liviya Milliy armiyasi qömondoni marşal Xalifa Haftar Tripoliga yuriş boşladi.
2011 yili Muammar Qazzofiy ağdarilganidan keyin Liviyada qöşhokimlik yuzaga kelgan. Mamlakatning ğarbiy qismini Fayoz as-Sarroj boşçiligidagi Milliy kelişuv hukumati boşqaradi, bu hukumat BMT va YeI tomonidan qöllab-quvvatlanadi. Mamlakat şarqida esa Tripolidagi hukumatdan mustaqil va Liviya milliy armiyasiga tayanadigan parlament nazorat örnatgan.













