Bugun, 20 aprel kuni Tailand poytaxti Bangkok şahrida boks böyiça Osiyo çempionatining ikkinçi kun doirasidan örin olgan bellaşuvlarga start beriladi. Saralaş bosqiçidan örin olgan mazkur kunda özbekistonlik 8 nafar boksçi ringga kötarilişadi. Ular orasida Isroil Madrimov, Miraziz Mirzaxalilov, Şunqor Abdurasulov kabi taniqli çarm qölqop ustalarini ham körişimiz mumkin. Bugun jang ötkazadigan vakillarimiz quyidagilar:

Kunduzgi dastur
-49 kg: Nodirjon Mirzaahmedov – Daiçi Xasebe (Yaponiya)
-60 kg: Şukurjon Rahimov – Man Ço Çol (KXDR)
-54 kg: Tursunoy Rahimova – Kian Şi (Xitoy)
-69 kg: Şahnoza Yunusova – Nilufar Boboyorova (Tojikiston)

Keçki dastur
-56 kg: Miraziz Mirzaxalilov – Almanbet Alibekov (Qirğiziston)
-64 kg: Şunqor Abdurasulov – Amir Masud (Pokiston)
-75 kg: Isroil Madrimov – Trung Vu (Vetnam)
-48 kg: Fotimaxon Tursunboyeva – Nxi Nguyen (Vetnam)

Eslatib ötamiz, keçagi bellaşuvlar doirasida Bobo-Usmon Baturov, Şunqor Abdurasulov va Yodgoroy Mirzayeva ğalaba qozonib, keyingi bosqiç yöllanmasini ijobiy hal qilişgan edi.