Bangkokda ötayotgan boks böyiça Osiyo çempionatining uçinçi kun dasturini özbekistonlik boksçilar orasidan Olimpiada çempioni Hasanboy Dösmatov boşlab berdi.
Bu galgi turnirda -52 kg vazn toifasida iştirok etayotgan Dösmatov ilk jangini butanlik Tensin Drugyyelga qarşi ötkazdi. Tajriba bobida Drugyyeldan ança ustun bölgan Hasanboy ilk raunddayoq raqibini nokdaunga uçratib, jang oxiriga qadar yaqqol ustunlikka erişdi va yakunda 3:0 hisobida ğalaba qozonib, keyingi bosqiçga çiqdi.

Bugun yana beş nafar özbekistonlik boksçi ringga kötariladi.
Kunduzgi dastur, 12:00 dan söng:
-69 kg: Bobousmon Baturov - Sajjar Kazemzadapoştiri (Eron) (A ringda)
-81 kg: Dilşodbek Rözmatov - Brijyeş Yadav (Hindiston) (B ringda)
-51 kg: Farangiz Hoşimova - Nazim Kizibay (Qozoğiston) (A ringda, ayollar)
Keçki dastur, 16:00 dan söng:
-60 kg: Şukurjon Rahimov - Ahmad Nasim Hussayn (Yaman) (B ringda)
-60 kg: Rayxona Qodirova - Punam Raval (Nepal) (A ringda, ayollar)












