20 aprel kuni Qozoğistonning Jambul viloyati Qorday tumani hududida «Çimkent-Olmaota» trassasining 181-kilometrida avtobus iştirokida yuz bergan yöl-transport hodisasida jabrlangan 9 nafar özbekistonlik Özbekistonga yetkazildi. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi vakiliga asoslangan holda «RIA Novosti» xabar qilgan.
Qozoğiston içki işlar vazirligi matbuot xizmati ma'lumotlariga köra, avtohalokatda 11 kişi, jumladan 3 nafar özbekistonlik va 8 nafar qozoğistonlik halok bölgan, 39 kişi jarohat olgan.
«Turli darajadagi tan jarohatlari olgan 9 nafar özbekistonlik reanimobillarda Qozoğistondan Bişkekka olib çiqilgan, u yerdan esa bugun ertalab favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus borti bilan Toşkentga yetkazilgan», deya xabar qilgan manba. Uning ta'kidlaşiça, 2 nafar özbekistonlik şifokorlar körigidan keyin yaqinlari hamrohligida Olmaotaga yöl olgan, yana bir jabrlanuvçi mahalliy şifoxonada qolmoqda.
Özbekiston TIV ma'lumotlariga köra, halok bölgan 3 nafar özbekistonlikning jasadi Qordaydagi ölikxonada qolmoqda. «Amaldagi tartiblarga köra, şaxsni aniqlaş jarayoni ötkazilgandan söng Qozoğiston tomoni halok bölganlar jasadlarini Qozoğiston-Özbekiston çegarasiga yetkazişni ta'minlaydi», deyilgan xabarda.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev avtohalokatda jabrlanganlarga va jasadlarni vatanga qaytarişda yordam körsatiş böyiça hukumat komissiyasini tuziş topşiriğini bergan.


















