Koreya Respublikasi prezidenti Mun Çje In davlat taşrifi bilan Nur-Sultonga keldi, deb xabar berdi Bnews.kz Qozoğiston TIV matbuot xizmatiga tayanib.

"Taşrif doirasida u Qozoğistonning birinçi prezidenti – Elboşi Nursulton Nazarboyev va davlat rahbari Qosim-Jomart Toqayev bilan uçraşişi hamda Qozoğiston-Koreya biznes-forumida iştirok etişi rejalaştirilgan", - deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, 18-21 aprel kunlari Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi prezidenti Mun Çje In Özbekistonga davlat taşrifini amalga oşirdi. Koreya prezidenti 19 aprel kuni ikki davlat rahbari iştirokidagi muzokaralarda va ikki davlat biznesmenlari iştirokidagi biznes-forumda iştirok etdi, 20 aprel kuni Toşkentda Koreys madaniyat va san'at uyi oçilişida qatnaşdi hamda şu kuni Samarqand viloyatiga borib, tarixiy obidalarni ziyorat qildi.

Mun Çje In 21 aprel kuni Samarqanddan jönab ketdi.