Liviya milliy armiyasi mamlakat poytaxti Tripolida olib borayotgan qurolli amaliyotlar qöporuvçilik harakatiga tutaşib ketdi. Tripolida şanba kuni kuzatilgan havodan hujumlardan söng, yakşanba kuni kuçli portlaşlar yuz berdi.

Reuters agentligi muxbirining ma'lum qilişiça, poytaxt osmonida 10 daqiqa çarx urgan harbiy samolyot biroz vaqt ötişi bilan şaharning janubiy hududini nişonga olgan. Mahalliy aholining osmondagi jism uçuvçisiz boşqarilayotgan dron bölganini aytişmoqda. Öq va raketalar Tripoli mudofaasiga otlangan harbiylar pozitsiyalariga yöllangan. 

Xalifa Haftarga sodiq bölgan Liviya milliy armiyasi kuçlari ikki haftadan buyon qurolli harakatlarni faol olib bormoqda. Tripoli hukumati şaharni himoya qilmoqda, ammo Haftarni BAA va Misr ham qöllab-quvvatlamoqda. U 8 yillik fuqarolar uruşi davrida ikki arab davlatining uzluksiz ta'minotiga ega bölib kelmoqda.