Qozoğiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Jambul oblastida sodir bölgan avtohalokat oqibatida Özbekiston fuqarolarining fojiali halok bölişi munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda Oqörda matbuot xizmati xabar berdi.
«Qozoğiston xalqi va şaxsan öz nomimdan halok bölganlarning qarindoş va yaqinlariga hamdardligim va taskinimni yetkazişingizni sörayman. Jabrlanganlarga tezroq soğayib ketişlarini va öz oilalariga qaytişlarini tilayman», - deyiladi Özbekiston prezidentiga yöllangan telegrammada.
Eslatib ötamiz, Jambul oblastining Qorday tumani hududida, «Olmaota-Toşkent» avtoyölida yölovçi avtobus ağdarilib ketişi oqibatida 11 kişi halok böldi, ulardan uç nafari Özbekiston fuqarosi bölgan.
Özbekiston TIVning ma'lum qilişiça, şuningdek, 32 nafar fuqaro, şundan 13 nafar Özbekiston fuqarosi turli darajada tan-jarohatlari olgan, ulardan 3 nafari oğir ahvolda. Voqea joyiga Özbekiston Respublikasining Qozoğistondagi elçixonasi xodimlari zudlik bilan yetib borişgan.

















