Şavkat Mirziyoyev Qozoğistonning Jambul viloyatida yöl-transport hodisasi oqibatida insonlar halok bölgani munosabati bilan prezident Qosim-Jömart Töqayevga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma'lum qildi.

Qozoğistonning Jambil viloyati Qorday tumanidagi «Toşkent—Olma-ota» trassasining 181-kilometrida 20 aprel şanba kuni mahalliy vaqt bilan tonggi soat 05:09 da 49 nafar yölovçini olib ketayotgan Van Hool rusumli avtobus iştirokida yöl-transport hodisasi röy berdi.

Bu fojia oqibatida 11 kişi halok böldi. Ulardan 8 nafari Qozoğiston, 3 nafari Özbekiston fuqarosi edi.

32 nafar kişi turli darajadagi tan jarohati olgan, ularning 13 nafari Özbekiston fuqarolaridir. Barça jabrlanganlar Qorday tuman kasalxonasiga yetkazilgan.

«Jarohatlanganlarning uç nafari oğir ahvolda», — deyiladi Özbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lumotida.

«Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev topşiriğiga köra favqulodda vaziyatlar, taşqi işlar, içki işlar, soğliqni saqlaş vazirliklari va boşqa idoralar vakillaridan iborat hukumat komissiyasi tuzildi. Komissiya a'zolari jabrlanganlarga yordam körsatilişini taşkil qiliş va YTH sabablarini örganiş maqsadida voqea joyiga yetib keldi. Hukumat komissiyasiga Qozoğiston tomoni bilan kelişilgan holda halok bölganlar va jabrlanganlarni Vatanga olib keliş, ularning oilalariga zarur yordam körsatişni taşkil etiş vazifasi topşirildi», — deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati axborotida.