20 aprel kuni tonggi soat 05:09 da Qozoğistonning Jambul viloyati Qorday tumanidagi «Çimkent- Olmaota» trassasining 181-kilometrida avtobus iştirokida yöl–transport hodisasi röy berdi. 49 nafar yölovçisi bölgan avtobus halokatga uçraşi oqibatida 11 halok bölgan. Baxsiz hodisa oqibatida vafot etganlarning 3 nafari Özbekiston fuqarolari bölib, yana 13 nafar özbekistonlik turli darajada jarohatlangan.

Mamlakatimiz Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning jabrlanganlarga zudlik bilan tibbiy yordam körsatiş va yurtimizga olib keliş böyiça bergan topşiriğiga köra, hukumat komissiyasi tuzilib, maxsus samolyot ajratildi. Yöl-transport hodisasi natijasida jarohatlangan hamyurtlarimiz uşbu bortda mamlakatimizga olib kelindi. Aviabort bilan Soğliqni saqlaş vazirligining mas'ul xodimlari, Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi direktori Kozim Mahkamov boşçiligidagi şifokorlar guruhi ham yetib bordi. 

— Biz maxsus aviabort bilan yetib borganimizda qozoğistonlik şifokorlar tomonidan jarohatlangan hamyurtlarimizga tezkor birinçi tibbiy yordam körsatilgan edi, — deydi Kozim Mahkamov. — Şifokorlar guruhi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bilan jarohatlanganlarni aviabortga çiqargaç, bortning özida ularning salomatligi qayta tekşiruvdan ötkazildi. Kerakli muolajalar zudlik bilan bajarildi. Özbekistonda bizni maxsus jihozlangan «Tez tibbiy yordam» avtomaşinalari kutib oldi va bemorlar zudlik bilan Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markaziga yetkazildi. 

Jarohatlanganlar orasida qoraqalpoğistonlik 34 yoşli Omirbek Xayitbayevning jarohati ança oğir edi. Agar unga öz vaqtida malakali tibbiy yordam körsatilmasa, hayoti xavf ostida qolayotgan edi. Şifokorlarning şoşilinç ravişda  urinişlari natijasida Omirbek Xaytibayevda murakkab jarrohlik operatsiyasi muvaffaqiyatli ötkazildi. Hozir bemor özini yaxşi his qilmoqda.

— Avariyadan  köpçiligimiz  özimizni yöqotib qöydik. Çunki qattiq qörqqan edik, — deydi hozirda Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazida davolanayotgan qaşqadaryolik Abbos Oljabayev. — Şunday paytda kimga xabar beriş, kimdan yordam söraşni ham bilmay qolar ekansan. Şunda eşitdikki, Prezidentimiz bizni Vatanimizga olib ketiş uçun samolyot yuborgan ekanlar. Buni eşitib, hammamiz yiğlab yubordik. Axir, özga yurtda oğir ahvolda turganingda sendan xavotir olib, Prezidentning özi samolyot yuborsa bundan quvonmay böladimi...? Barça ğamxörliklari uçun davlatimiz rahbariga rahmat. Biz qayerda bölmaylik, Vatan himoyasida ekanligimizni his qildik. 

Hozirda yurtimizga keltirilgan fuqarolarimizga Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazida malakali tibbiy-jarrohlik muolajalari körsatilmoqda. 20 aprel soat 12:00gaça ularning 2 nafariga murakkab jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli ötkazilgan bölsa, ayni paytda yana 3 nafar bemor operatsiya stoliga olingan.