Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lvov oblasti rahbari iste'foga chiqdi. Bu Poroshenko Zelenskiydan ustun kelgan yagona hudud
Ukrainaning Lvov oblasti ma'muriyati rahbari Oleg Sinyutka iste'foga chiqdi. U 2014 yil dekabridan buyon hududni boshqarib kelayotgandi.
«Men Lvov oblasti administratsiyasi rahbari lavozimini bo‘sh qoldiraman, ammo men lvovlikligimcha qolaman va Lvovda yashashda davom etaman, o‘zimizning sadoqatli odamlarimiz orasida qolaman — bunga biz saylovlar vaqtida guvoh bo‘ldik», — degan Sinyutka oblast administratsiyasidagi yig‘ilish chog‘ida.
11 aprel kuni Sinyutka agar Poroshenko prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida mag‘lub bo‘lsa o‘z lavozimini tark etishini ma'lum qilgandi.
Ukraina Markaziy saylov komissiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, Lvov oblasti Ukrainadagi saylovlarning ikkinchi turida amaldagi prezident Petro Poroshenko Zelenskiyni ortda qoldirgan yagona hudud bo‘ldi. Ovoz byulletenlarining 97 foizi qayta ishlangan holatda u bu hududda 63 foiz ovoz olgani ma'lum bo‘ldi.
Vladimir Zelenskiy 21 aprel kuni o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida mutlaq g‘alabaga erishdi. Byulletenlarning 97 foizi qayta ishlab chiqilgan holatda u saylovchilarning 73 foizining ovoziga egalik qilmoqda. Petro Poroshenko ekzit-pol natijalari e'lon qilingan paytdayoq mag‘lubiyatini tan oldi va Zelenskiyni g‘alaba bilan tabrikladi.
Mavzuga oid
11:34 / 10.01.2026
Volgograd viloyatida dron hujumidan so‘ng neft bazasi yonmoqda
09:50 / 10.01.2026
Kiyev Donbassda erkin iqtisodiy zona tashkil etish taklifini o‘rganmoqda
19:19 / 09.01.2026
Ukraina bilan urush davomida Rossiya 19 nafar generalini yo‘qotdi
15:20 / 09.01.2026