Britaniyaning Linkolnşir grafligidagi qöriqxonada saqlanuvçi 5 yoşli Derrik laqabli eşak tez orada dunyodagi eng katta eşakka aylanişi mumkin. Bu haqda Nottinghamshire Live naşri xabar berdi.
Hozirda eşakning böyi 170 santimetrni taşkil qiladi, biroq u hamon ösişda davom etmoqda.
“Eşaklar 7 yoşga yetgaç, ösişdan töxtaydi. Şu sababli Derrikda hali vaqt köp”, deb aytgan qöriqxona egasi Treysi Garton.
Derrik Amerika mamont eşaklari turiga mansub bölib, uning vakillari dunyodagi eng yirik eşaklar hisoblanadi. Derrik hozirda dunyoda eng katta eşak hisoblanuvçi, Texas ştatidagi Romulusdan bor-yöği bir dyuym pastroqdir. 173 sm böyga ega uşbu eşak 2013 yilda Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan. Derrikning egalari u yaqin orada rekordçidan özib ketişiga işonişmoqda.

Treysining aytişiça, Derrik katta ölçamga egaligiga qaramay, juda yuvoş.
“U göyoki katta itga öxşaydi. Izingdan qolmay, hamişa yoningda bölişni istaydi”, deb ta'kidlaydi eşakning egasi.

















