Yaqinda Toşkent şahar IIBB YHXB telegram-botiga video qayd etiş uskunasi orqali tuşirilgan video kelib tuşdi, deb xabar bermoqda IIBB axborot xizmati.
Videoda Farhod köçasidagi boşqarilmaydigan piyodalar yölakçasidan ötayotgan piyodalarni maşinalar ötkazib yuborayotganlari aks etgan. Faqatgina “Matiz” rusumli taksi maşinasi tezlikda piyodalarni ötkazmasdan ötib ketgan.
Uşbu avtomobil haydovçisi 43 yoşli S.Ya. ekanligi aniqlandi. Mazkur holat böyiça Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 128-moddasi (“Haydovçilarning transport vositalarini piyodalar yölkalaridan yurgizişi, yöl belgilari va yöl harakatining boşqa qoidalari talablariga rioya etmasligi”) asosida bayonnoma tuzildi.
“Hurmatli haydovçilar va piyodalar, bir-biringizni hurmat qiling va yöl harakati qoidalariga rioya qiling. Yodingizda bölsin: YHQni mensimasdan öz hayotingiz va soğliğingiz, şuningdek özgalarning hayoti uçun xavf tuğdirgan bölasiz”, - deyiladi xabarda.












