Braziliya oliy sudi mamlakatning sobiq prezidenti Luis Inasiu Lula da Silvaning qamoq mudddatini 12 yil bir oydan 8 yil 10 oy 20 kungaça qisqartirib berdi.
Globo telekanalining xabar berişiça, Lulaga OAS quriliş kompaniyasidan lyuks toifasidagi kvartirani noqonuniy olganlik uçun tayinlangan jazo qisqartirilgan. Korrupsiya va pul yuviş ayblovlari tasdiqlanib, ular uçun Lulaga mos ravişda 5 yil 6 oy 20 kunlik va 3 yil 4 oylik qamoq muddati tayinlangan.
Folha de Sao Paulo portalining ta'kidlaşiça, sudning qarori nazariy jihatdan Lulaga 2019 yil oxirigaça ozodlikka çiqiş imkoniyati bilan yengilroq jazoga da'vogarlik qilişga imkon beradi.
2018 yil aprelda sobiq prezident Kuritibadagi turmaga yetkazilgan va jazoni ötay boşlagan.

















