Şu kunlarda Qoraqalpoğistonga taşrif buyurgan mehmonlar kamyob manzarani kuzatişlari mumkin – Möynoqdagi Sudoçe köliga qizğiş flamingolar galasi qaytib keldi.

«Sönggi yillarda bu quşlar soni muntazam köpayib bormoqda va bu hududda ular uçun qulay yaşaş muhiti yaratilayotganidan darak beradi. Köl jonivorlar uçun yeguliklarga boy, issiq ölkalarga uçayotgan flamingolar bu joyda uzoq vaqt töxtab ötadilar, inlar quradilar.

Flamingolar kölda töxtaş muddati taxminan ikki oyni taşkil qiladi. Ular yaşayotgan hududga yetib boriş uçun yöltanlamas avtomobillar zarur. Hozirgi kunda hukumat tomonidan quşlarni asraş, ularni tomoşa qiliş uçun taşrif buyurgan sayyohlarga qulay şaroit yaratiş böyiça barça çoralar körilmoqda», deyiladi turizm portali xabarida.