Bojxona xodimlari yoqilg‘i mahsulotlarini mamlakat hududiga noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinishlarga o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.

Xususan, “Olot” chegara bojxona posti xodimlari yurtimizga kirib kelgan fuqaro G.M boshqaruvidagi “Mersedes-Bens” rusumli yuk avtomashinasini bojxona nazoratidan o‘tkazishdi.

Natijada avtomashina tirkamasining ostki qismiga yashirincha olib o‘tish maqsadida 1050 litr dizel yoqilg‘isi berkitilganligi fosh etildi.

Umumiy qiymati 5 730 000 so‘mni tashkil etuvchi ushbu mahsulotlar qonunbuzardan ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.