20 aprel kuni Qozoğistonning Jambul viloyati Qorday tumani hududida «Çimkent-Olmaota» trassasining 181-kilometrida avtobus iştirokida yuz bergan yöl-transport hodisasida Özbekistonning uç nafar fuqarosi halok böldi va 13 nafar özbekistonlik jarohatlandi.

Afsuski, bu kabi hodisa birinçi marta kuzatilayotgani yöq. 2018 yil 18 yanvar kuni Qozoğistonning Aqtöbe viloyatida sodir bölgan dahşatli fojia tafsilotlaridan xabardormiz. Öşanda Qozoğistonda yölovçi avtobusi yonib ketgan va Rossiyaga iş izlab ketayotgan 52 özbek öğloni halok bölgandi. 

Öşanda fojia haqida bilib, butun özbek xalqining qalbi larzaga kelgan bölsa, uning tafsilotlari aniq böla boşlagaç, uşbu ğam yanada oğirlaşgandi. Ayniqsa, avtobus içida halok bölgan yurtdoşlarimizning röyxati e'lon qilingaç, barçaning yuragi qon böldi. Ularning orasida mahalladoşlar, ota-bola, aka-ukalarning borligi har qanday insonning yuragini ezdi, közlarini yoşlantirdi. Ota-onalar farzandidan, farzandlar ota-onadan, kimlardir akalari yoki ukalaridan, neça nafar muştipar suyangan toğidan ayrildi.

2017 yil 22 iyundagi Qozoğistonning Aqtöbe viloyatida içida Özbekistonning 52 nafar fuqarosi bölgan avtobus ağdarilişi natijasida 9 kişi halok bölgan edi.

2017 yil 8 oktyabrda Rossiyaning Vladimir oblastida içida 58 özbek ketayotgan avtobus temir yöl ustida töxtab qoldi va poyezd avtobusni urib ketişi oqibatida 17 kişi, ikki yoş bola halok böldi. Açinarlisi, bu kabi misollar talaygina.

Jambulda sodir bölgan navbatdagi halokat yurtimizdagi ommaviy axborot vositalarida, internet saytlarida, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab böldi. Şu kabi fojialarning sabablari, bunga kim aybdor, degan savollarga javob izlanmoqda, turli fikrlar bildirilmoqda.

Yurtimizdagi mavjud işsizlik, avia va poyezd çiptalarining qimmatligi, ta'lim tizimidagi kamçiliklar, qişloqlarda tirikçilik uçun yetarli şaroit yöqligini asosiy sabablar sifatida köriş mumkin.

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga taşrifi davomida Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qiliş çoğida 52 nafar özbek farzandi halok bölişiga olib kelgan Aqtöbedagi fojiaga munosabat bildirib, uning asosiy sabablarini oçib bergandi.