Angliya professional futbolchilari uyushmasi (PFA) Premer-Ligada yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlab oldi.

Daily Mail xabariga ko‘ra, nufuzli sovrinni «Liverpul» himoyachisi Virgil van Deyk oladi.

Liga futbolchilari orasida o‘tkazilgan so‘rovnomada u Rahim Sterling, Serxio Aguero, Bernardu Silva (barchasi – «Man Siti»), Sado Mane («Liverpul») va Eden Azarni («Chelsi») ortda qoldirishga muvaffaq bo‘lgan.

Sovrinni topshirish marosimi 28 aprel kuni o‘tkaziladi.