«Novza» turar-joy kompleksi 1,8 ga maydonda joylaşgan uçta 7 qavatli binoni özida jamlagan. Kompleks tarkibiga 202 ta xonadon kirib, şulardan 34 tasi — ikki qavatli. Har bir xonadon şiftining balandligi — 3,30 metr.

Estetika va funksionallik

«Novza» turar-joy kompleksidagi asosiy dekorativ elementlar 1,5 qatorga terilgan birinçi toifali fasad ğişti, travertin va keramogranitdan iborat. Fasadning taşqi qiyofasiga putur yetkazmaslik maqsadida  konditsionerlarni yaşiriş uçun dekorativ fibrobeton qöllangan.

Hovli

Kompleks taşqarisida suhbatlaşib ötirişga möljallangan joylar, sun'iy suv havzalari, sayr qiliş uçun körkam bezatilgan yölaklar va bolalar maydonlari joylaşgan.

Keksa yoşli kişilar vaqtlarini mazmunli ötkazişlari  uçun serşovqin bolalar maydonidan uzoqda stol va örindiqlar taşkil etilgan. Yaşil zona va favvoralar kompleksda yaşovçilarni salqin havo bilan ta'minlab, şarqona qulaylik muhitini yaratadi.

Yölaklar

«Novza» TJKda şarqona uslubdagi bejirim yölaklar dizaynini uçratasiz.

Ularning har birida domofonlar, naqşinkor eşiklar, mozaika, takomillaştirilgan yevropaça liftlar örnatilgan. Keng va yoruğ zinapoya marşlari köçiş yoki ta'mirlov amalga oşirişda katta predmetlarni bir joydan ikkinçi joyga köçirişda qiyinçilik tuğdirmaydi.

Yerosti parking

Parking foydalanuvçilari qulayligi uçun avtoturargohga avtomobilini qöyişni istaganlarning navbat poylaşi oldi olinib, kiriş va çiqiş geometriyasi közda tutilgan. Bizning uylarimizdagi yerosti avtoturargohlari tösiqsiz kiriş qismi hamda eng quyi qavatlar va xonadonlar örtasida harakatlanuvçi yuk taşiş lifti bilan ajralib turadi.