«Yuventus» hujumçisi Kriştianu Ronaldu kataloniyalik murabbiy Xosep Gvardiolaning «Mançester Siti»dagi faoliyatini yuqori baholaydi va u «byankoneri» boşqaruviga kelişini istaydi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.

Bu xabar Massimiliano Allegri mavsum yakunida «Yuventus»dan ketişi mumkinligi haqidagi xabarlardan keyin paydo böldi.

Gvardiolaning «Man Siti» bilan amaldagi şartnomasi 2021 yilning yozigaça möljallangan. 48 yoşli mutaxassis «şaharliklar»ni 2016 yil yozidan buyon boşqarib kelmoqda. Ötgan vaqt mobaynida u klub bilan 4ta sovrin qölga kiritdi: Angliya çempionligi, ikki bor Angliya Futbol ligasi Kubogi va 2018 yilgi Angliya Superkubogi.

Bundan avvalroq, Kriştianu Ronaldu turinliklar rahbariyatiga jamoani kuçaytirişi va YeÇLda ğolib bölişiga yordam berişi mumkin bölgan 6 nafar futbolçini tavsiya qilgandi.

Ronaldu keltirgan röyxatda birinçi bölib uning hamyurti – «Benfika» hujumçisi Joau Feliş qayd etilgan. Şuningdek, Kriştianu «Real»dagi sobiq jamoadoşlaridan Rafael Varan va Isko variantlarini taklif etgan. Qolaversa, u «Roma»dan himoyaçi Kostas Manolas, «Fiorentina»dan hujumçi Federiko Keza va «Lion»dan yarimhimoyaçi Tanguy Ndombeleni transfer qilişni maslahat bergan.