Şri-Lanka poytaxti Kolombodan 40 kilometr uzoqlikda joylaşgan Pugoda rayonida portlaş sodir böldi. Bu haqda mahalliy politsiya vakili Ruvan Gunaskearga tayanib News 1st telekanali xabar qildi.
Hozirça halok bölganlar va jabrlanganlar haqida ma'lumot yöq. Huquqni muhofaza qiliş organlari mazkur hodisa böyiça suriştiruv olib bormoqda.
21 aprel, yakşanba tongida, butun dunyodagi katoliklar Pasxa bayramini nişonlaşayotgan vaqtda Şri-Lankadagi mehmonxonalar va katolik çerkovlarida davomli portlaşlar sodir etildi. Oxirgi ma'lumotlarga köra, teraktlar qurbonlari soni 359 nafarga yetgan, yana 520 kişi jarohatlangan.
IŞID mazkur teraktlar uçun javobgarlikni öz zimmasiga oldi, ammo hujumlarga aloqadorligini tasdiqlovçi dalillarni keltirmadi.













