Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Şengen hududini isloh qilişga çaqirdi, sababi qoçqinlarni taqsimlaş töğrisidagi Dublin bitimi endi işlamayapti. U bu haqda payşanba kuni Parijda milliy debatlar yakuni böyiça bölib ötgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.

«Şengenni çuqur qayta taşkil etiş kerak, hatto bu kiçik miqdordagi davlatlar iştirokida bölsa ham, amalga oşirilişi kerak», - dedi Makron. U migratsiya siyosati sohasida yetarliça hamkorlik qilmayotgan Şengen hududidagi qator davlatlarni tanqid qilgan.

«Umumiy çegaralar, Şengen, Dublin bitimi endi işlamayapti», - dedi Makron. Uning sözlariga köra, migratsiya masalasini hal qiliş iqlim özgarişi muammosidan kam ahamiyatga ega emas. 

«Oçiq böliş uçun çegara kerak, qabul qiliş uçun - uy bölişi lozim, bu esa çegaralar degani. Iqlim muammosi bilan bir qatorda, migratsiya masalasi ham men uçun Yevropadagi öta muhim çaqiriq sanaladi», - dedi Makron.

Bundan oldin, Makron Şengen hududini qayta körib çiqişga çaqirgandi.