Microsoft kompaniyasi Apple va Amazon kompaniyalaridan keyin kapitallaşuvi 1 trln dollardan oşgan AQŞning uçinçi kompaniyasiga aylandi. Bu haqda The Wall Street Journal naşri ma'lum qildi.
Naşr ma'lumotlariga köra, Microsoft’ning aksiyalari narxi 25 aprelda Nyu-York fond birjasida 5,1 foizga qimmatlaşib, 131,37 dollarga yetgan.
Aksiyalar kursi qisqa fursat 130 dollardan yuqoriroq bölib turgan. Ayni vaqtda bu körsatkiç 129,67 dollarni taşkil qilmoqda.
Apple 2018 yilda bozor qiymati 1 trln dollardan oşgan ilk kompaniya bölgandi. Joriy yilda Amazon ham şu natijaga erişa olgan.












