Marğilon şahri «Uzunhovuz»  mahallasida joylaşgan jome' masjidi avariya holatiga kelib qolgan, undan omborxona sifatida foydalanilyapti, deya yozmoqda «Milliy tiklaniş» gazetasi.

Maqolada keltirilişiça, uşbu me'moriy obida 19-asrda Xudoyorxonning ukasi Sulton Murodbek Marğilon şahriga hokim etib tayinlanişidan avvalroq qurilgani taxmin qilinadi. Jome' masjidi 35x21 metr ölçamdagi yirik inşoot bölib, qişki namozxona va unga yondoş serustun katta ayvondan iborat. Bino şifti va ayvon ustunlari naqşlar bilan bezatilgan.

Binoning xarob holati haqida şu mahallaning fuqarolar yiğini raisi Anvarjon Boyxonovning fikrlari keltirib ötilgan. 

«Masjid uzoq yillardan beri avariya holatida, ayvonning ustunlari çirib, tomni bazör suyab turibdi. Bino şiftidagi tarixiy ahamiyatga ega naqşlar özining asl holatini yöqotgan. Masjidning devorlari yorilib, ayançli ahvolga kelib qolgan. Unga yondoş xonadonlarda istiqomat qilayotgan aholi bu yerdan omborxona va boşqa xöjalik işlari maqsadida foydalanmoqda» , ─ deydi u.

Marğilon şahar kengaşi deputati Şuhratjon Madrahimovga köra, joylardagi xarob holatga kelgan qadamjolarni örganib çiqiş jarayonida mazkur masjidning ahvoli bilan ham tanişib çiqilgan. Ammo masjid uçun qaçon mablağ ajratilib, tiklaş va ta'mirlaş işlari boşlanişi ma'lum emas.

Avvalroq Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayevning Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari oldida 2019 yilda sohada olib borilişi rejalaştirilgan işlar yuzasidan hisobot bergani haqida ma'lum qilingandi. Vazirga köra, joriy yilda mavjud 7476ta madaniy meros obektlaridan 5430tasining davlat kadastr hujjatlarini rasmiylaştiriş, 159ta obektda taşriflar sonini elektron hisoblovçi turniketlar örnatiş, 5953ta obektda muhofaza belgilarini örnatiş rejalaştirilgan.