Özbekiston delegatsiyasi Manama şahridagi konferensiyada iştirok etadi, deb xabar bermoqda Taşqi işlar vazirligi.
Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Ergaşev boşçiligidagi delegatsiya 2019 yil 27-28 aprel kunlari Manama şahrida (Bahrayn podşohligi) bölib ötadigan Janubiy Osiyoda xavfsizlik böyiça yuqori darajadagi 5-xalqaro konferensiyada qatnaşadi.
Konferensiya Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti (IISS) va AQŞ Milliy mudofaa universiteti qoşidagi Yaqin Şarq va Janubiy Osiyo böyiça strategik tadqiqotlar markazi (NESA) tomonidan taşkil etilmoqda.












