Ukrainaning saylangan yangi prezidenti Vladimir Zelenskiy Facebook ijtimoiy tarmoğidagi ismini özgartirdi va endi unga ukrainça Volodimir Zelenskiy deb yozilgan.

Zelenskiyning matbuot kotibi Irina Pobedenossevaning ta'kidlaşiça, bu taşabbus siyosatçining özidan emas, balki uning obunaçilaridan çiqqan.

«Biz obunaçilarimizdan ismning özgartirilişi haqida taklif oldik va unga javob berdik. Bundan taşqari, uning prezident sifatidagi yangi mavqei hisobga olinsa, bu örinli hamdir», deb aytgan Pobedenosseva.

Uning ta'kidlaşiça, ijtimoiy tarmoqdagi sahifa Zelenskiyning şaxsiy sahifasi bölib, yaqinda uning «Volodimir Zelenskiy Prezident Ukrayini» deb nomlanadigan yangi sahifasi yuritila boşlanadi.