Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda prokuror katta yordamchisi boshqaruvidagi mashina piyodani urib ketdi. Piyoda voqea joyida halok bo‘ldi
2019 yil 25 aprel kuni soat 23:00larda Andijon viloyati Marhamat tuman prokurorining katta yordamchisi B.P. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasini “Marhamat-Asaka” transport qatnov yo‘lining Marhamat tumani, Gar-gar mahallasi hududidan o‘tuvchi qismida “Asaka” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib ketayotgan vaqtida, qatnov yo‘lining o‘rta qismida harakatlanib borayotgan piyoda B.B.ni avtomashinasining old qismi bilan urib yuborib, yo‘l transport hodisasi sodir etgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, natijada fuqaro B.B. olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan o‘sha kunning o‘zida viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov jarayonida sud-tibbiyot, sud-trassologik va sud-avtotexnika ekspertizalari tayinlangan. Sudga oid tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, marhum B.B. hodisa sodir bo‘lishidan avval ko‘p miqdorda spirtli ichimlik iste'mol qilganligi aniqlangan. Mazkur holat marhumning yaqin qarindoshlari, hodisa sodir bo‘lishidan biroz avval ko‘rishgan do‘stlarining ko‘rsatmalari bilan ham tasdiqlangan.
Shuningdek, tergov yo‘li bilan piyodaning qatnov yo‘lining o‘tish mumkin bo‘lmagan qismida avtomashinalar harakati yo‘nalishiga qarama-qarshi trayektoriyada harakatlanib kelganligi aniqlangan.
Tergovning borishi ustidan Bosh prokuratura tomonidan alohida nazorat o‘rnatildi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
12:06 / 07.04.2026
Chinozda YTH sodir qilib, odam o‘limiga sabab bo‘lgan YPX xodimi 7 yilga qamaldi
13:45 / 05.04.2026
Jizzaxda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
16:09 / 31.03.2026
Andijonda qalbaki dori tayyorlovchi 3 ta yashirin laboratoriya aniqlandi
09:06 / 30.03.2026