FIFA Tartib-intizom qömitasi kelişilgan öyinlarni taşkil qilişda iştirok etgan 9 nafar şaxsni umrbod futboldan çetlatdi.

ÖFA rasmiy saytiga köra, sanksiya qöllanganlar orasida amaldagi va sobiq futbolçilar hamda futbol agenti bor, ular FIFA Tartib-intizom kodeksining 69-moddasiga asosan umrbod futboldan çetlatilgan.

Uşbu töqqiz nafar şaxsning tört nafari Afrika qit'asidan, uç nafari KONKAKAFga a'zo davlatlardan va bir kişi Osiyo futboli vakilidir: Xellings Mvakasungula (Malavi), Ibrohim Kargbo (Serra-Leone), Kudzanay Şaba (Zimbabve), Seidat Çomogo (Benin), Karlon Myurrey (Trinidad va Tobago), Keyno Tomas (Trinidad va Tobago), Leonel Duarte (Kuba), Muhammed Salim Isrofil Köhistoni (Afğoniston).

Xabarda aytilişiça, «Kelişilgan öyinlar qiroli» nomli kitobi orqali maşhur bölgan singapurlik Uilson Raj Perumal tomonidan natijasiga ta'sir körsatilgan deb topilgan bir qator xalqaro öyinlar yaxşilab örganib çiqilganidan keyin yuqorida nomlari tilga olingan şaxslarga nisbatan çora körilgan.

«FIFA bu işlar böyiça tegişli huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda bir neça yillar davomida suriştiruv va tekşiruv işlarini olib bormoqda», – deyiladi xabarda.