Jahon | 13:45 / 27.04.2019
11245
1 daqiqa o‘qiladi

Ufada o‘zbekistonlik ayol noqonuniy ishlagan kafe faoliyati to‘xtatib qo‘yildi

Foto: r02.fssprus.ru

Ufa sud ijrochilari «Registan Chayxana» umumiy ovqatlanish muassasasi faoliyatini to‘xtatib qo‘yishdi, u yerda O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayol noqonuniy tarzda ishlab kelgan. Bu haqda mintaqaviy sud ijrochilar xizmati xabar tarqatdi.

Ma'lum bo‘lishicha, yakka tartibdagi tadbirkor tegishli hujjatlarsiz idish-tovoq yuvuvchisi sifatida ayolni ishga qabul qilgan.

Sud ijrochilari federal xizmatining Boshqirdiston Respublikasi bo‘yicha matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ma'muriy huquqbuzarlik bo‘yicha ish materiallarini ko‘rib chiqib, sud 15 kunga kafe faoliyatini to‘xtatish haqida qaror chiqargan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid