«Yuventus» hujumçisi Kriştianu Ronaldu Italiya A Seriyasining 34-turida «Inter»ga qarşi öyinda hisobni tenglaştiruvçi golni urdi (1:1).
Gracenote Live tvitterida yozilişiça, bu gol 34 yoşli portugaliyalik futbolçi uçun klublardagi faoliyati davomidagi yubiley - 600-gol böldi. Şundan 5ta golni Ronaldu Lissabonning «Sporting» klubida, 118ta golni «Mançester Yunayted»da, 450ta golni esa «Real» safida urgandi. U «Yuventus»da 27 marta raqib darvozalarini işğol etişga ulgurdi.
Ronaldu «Yuventus»ga ötgan yilning yozida «Real»dan kelgandi. Uning transfer qiymati 100 mln yevro atrofida bölgandi. Turinliklar jamoasi joriy mavsumda muddatidan ilgari Italiya çempioni bölişga erişdi (ayni vaqtda jamoa 88 oçko bilan turnir jadvalida peşqadamlik qilmoqda, lekin jamoa Çempionlar ligasini çorakfinalda «Ayaks»ga yutqazib tark etdi.












