Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskvadagi boş vakilligi xabariga köra, keça Tula oblasti Uzlovaya şahridagi «Pyateroçka» supermarketida 34 yoşli Andrey.K kassir ayolga hujum qilib, piçoq bilan 20ga yaqin jarohat yetkazgan.
Jabrlangan Umida.S ismli ayol Özbekiston fuqarosi va 3 nafar farzand onasi bölib, kasalxonada hayotdan köz yumgan. Jinoyatçi qölga olingan.
Ayni damda Agentlik vakillari Umida.S.ning jasadini Özbekistonga qaytariş çora-tadbirlarini körişmoqda. Şu munosabat bilan marhumaning yaqin qarindoşlaridan Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligiga yoki agentlikning Rossiya Federatsiyasidagi boş vakiliga murojaat qilişlari söralgan.
Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari Vazirligining tezkor telefon tarmoği:
+99871-200-06-00
Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva şahridagi telefon tarmoği:
+7-9250454744












