«Qasoskorlar: Intiho» filmi premera haftasining oxirida dunyo böylab 1,2 mlrd dollar – ilk uikend uçun kino tarixidagi eng köp mablağni jamğara oldi. Uşbu film Marvel kinokoinotining 10 yil davomida bir ipga tizib kelingan voqealar rivojidagi sönggi film hisoblanadi.

Premera kassabopligi böyiça ilk haftaning özidayoq jahon kinoprokatidagi barça rekordlarni yangilaşi kutilgandi. Premera dastlab 22 aprel kuni AQŞda, söng dunyo böylab Xitoyda 24 aprel kuni tomoşabinlar e'tiboriga havola etildi. «Qasoskorlar: Intiho» filmi, kinotahlilçilarga köra, ilk uikendning özida 900 mln – 1 mlrd dollar atrofida foyda körişi taxmin qilingandi. Umumiy kassa yiğimlari esa rekordçi film «Avatar»ni (2,8 mlrd dollar umumiy kassa yiğimiga ega) ortda qoldirişi ham mumkin.

Foto: Marvel

Rossiya Federatsiyasida premera kuni keyinroqqa qoldirilgani sababli Özbekiston kinoteatrlarida 29 aprel kuni namoyiş qilinadigan uşbu film «Qasoskorlar: Çeksizlik jangi» filmining mantiqiy davomi hisoblanadi. «Qasoskorlar: Çeksizlik jangi» filmi 321 mln dollarlik budjet bilan 2 mlrd 48 mln dollar daromad keltirgan.

Film Özbekistonda ham özining minglab tomoşabinlariga ega. Kinokartina haqida eng muhim ma'lumotlarni esa quyida öqişingiz mumkin.

• Film Marvel Studios kinokoinotidagi uşbu filmlar ketma-ketligidan söng keladi:

-        «Temir odam» (2008)

-        «Ajabtovur Halk» (2008)

-        «Temir odam-2» (2010)

-        «Tor» (2011)

-        «Birinçi qasoskor» (2011)

-        «Qasoskorlar» (2012)

-        «Temir odam-3» (2013)

-        «Tor-2: Zulmat saltanati» (2013)

-        «Birinçi qasoskor: Boşqa jang» (2014)

-        «Galaktika Soqçilari» (2014)