Marvel kinodunyosida birinçi musulmon superqahramon qiz paydo böladi - Miss Marvel, uning oddiy hayotdagi ismi Kamola Xon böladi, deb yozmoqda NME portali.
Miss Marvel Marvel komikslarida birinçi marta 2013 yilda paydo bölgan, uning superimkoniyatlari orasida turli şakllarni qabul qiliş qobiliyati ham bor.
Syujyetga köra, Kamola Pokistondan bölgan oilada dunyoga kelgan böladi, hamda butun dunyo muammolaridan taşqari, ota-onasi bilan çigal munosabatlarga ham duç keladi. Uning akasi juda konservativ qaraşlarga ega, otasi esa u şifokor bölişini xohlaydi.
Marvel prezidenti Kevin Faygining «Bi-bi-si»ga bergan intervyusida aytişiça, Miss Marvelni kinoqahramonga aylantiriş ustida iş boşlab yuborilgan.
Aftidan, kartina prokatga premerasi 2019 yilga möljallangan «Kapitan Marvel»dan avval çiqmaydi.













