Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev bugun Yaponiya imperatori Akixitoga maktub yölladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlat rahbari öz maktubida imperator Akixitoning “Xeysey” deb nom olgan hukmronlik davri butun dunyoda ulkan muvaffaqiyatlar – Yaponiya mustahkam tinçlik va har tomonlama taraqqiyotga erişgan, iqtisodiy jihatdan yetakçi davlatlar qatoriga kirgan, global jarayonlardagi nufuzi va roli salmoqli darajada yuksalgan davr bölganini ta'kidladi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev Yaponiya imperatoriga Özbekiston bilan Yaponiya örtasida döstlik, hurmat va işonç asosida özaro manfaatli va köp qirrali hamkorlikni rivojlantirişga qaratgan şaxsiy e'tibori va kömagi uçun samimiy minnatdorlik bildirdi.

















