Toşkent - Andijon pullik avtomobil yöli quriladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi prezidentining “Respublika iqtisodiyotiga töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş mexanizmlarini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida aytiladi.
Yöl qurilişi 2019 yilda işlab çiqilişi lozim bölgan davlat-xususiy şeriklik loyihalari röyxatidan joy olgan. Loyiha qiymati hozirgi paytda aniqlanmoqda.
Bunda 2019 yil iyun oyida Jahon banki bilan konsultatsiya xizmatini körsatiş böyiça bitim tuziş, 2020 yil yanvar - DXŞ loyihasi böyiça hujjatlarni tayyorlaş, 2020 yil mart - qiziqişni bildiriş takliflarini e'lon qiliş, 2020 yil aprel - loyiha konsepsiyasini ma'qullaş, 2020 yil iyun - dastlabki malakani saralaş bosqiçida iştirok etiş sörovini e'lon qiliş, 2020 yil sentabr - iştirokçilarni baholaş hamda saralaş, 2020 yil sentabr - takliflar sörovini e'lon qiliş, 2020 yil dekabrida tender ğolibini e'lon qiliş, bitimni imzolaş rejalaştirilmoqda.
Quriliş işlari 2021 yil avgust oyida boşlanişi möljallangan.












