Avval xabar berilganidek, 28 aprel kuni Tula oblastining Uzlovaya şahridagi «Pyateroçka» supermarketida rossiyalik 34 yoşli Andrey.K 33 yoşli Umida ismli kassir ayolga hujum qilib, piçoq bilan 20ga yaqin jarohat yetkazgan. Ayol kasalxonada hayotdan köz yumgan.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining aniqlaşiça, jabrlangan ayol 1986 yilda tuğilgan asli özbekistonlik, ammo hozirga qadar Rossiya fuqaroligida bölgan Umida Zurayevna Egamurotova bölgan. Jinoyatçi qölga olingan.
Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Umida Egamurotovaning oila a'zolariga çuqur ta'ziya izhor etgan. Şuningdek, marhuma Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bölişiga qaramasdan, vatandoş sifatida taşkiliy masalalarda kerakli amaliy yordamini körsatişga tayyor ekanligini bildiradi.












