London sudi Wikileaks asosçisi Julian Assanjni garov evaziga ozodlikka çiqiş şartlarini buzgani uçun 50 haftaga qamoq jazosiga hukm qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.
"Siz öz ixtiyoringiz bilan politsiyaga taslim bölmadingiz, Ekvador elçixonasi binoga politsiya kirişiga ruxsat berişga majbur böldi. Sizda tanlaş imkoniyati bor edi va men jazoni yumşatiş borasidagi barça vajlarni rad etaman", — degan sudya Debora Teylor hukmni e'lon qilarkan.
Wikileaks asosçisi hukm e'lon qilinişi oldidan advokatlari orqali qilgan işlaridan afsusda ekanligini bildirgan.
Payşanba kuni Vestminster magistrlik sudida Assanjni ekstraditsiya qiliş masalasi böyiça sud işi davom etadi.
Jurnalist, WikiLeaks sayti asosçisi Julian Assanj josuslik mojarolari haqidagi öta maxfiy materiallarni e'lon qilib kelgan. 2010 yilda Şvetsiyada uni hibsga oliş uçun order berildi. 2012 yilda Assanj Ekvadorning Londondagi elçixonasiga yaşirindi va uşbu davlat rahbariyatidan siyosiy boşpana söradi. U yetti yil davomida elçixonada yaşadi, 2019 yil 11 aprel kuni Ekvador unga boşpana böyiça rad javobi berdi.













