Yaponiya valiahd şahzodasi Naruxito mamlakat imperatori vakolatini bajarişga kirişdi. Parlament tomonidan qabul qilingan qonunga köra, bu uning otasi, endilikda sobiq imperator Akixito taxtdan voz keçgandan keyin Tokio vaqti bilan 1 may soat 00:00da yuz berdi. Şu bilan bir vaqtda Yaponiyada Reyva davrining ilk yili boşlandi. Bu tizim Yaponiyada xalqaro yil hisobi bilan bir qatorda qöllanadi.

30 aprelda Tokioda 85 yoşli Akixitoning taxtdan voz keçişi bilan boğliq xususiy va rasmiy marosimlar bölib ötdi. Sobiq imperator “dzyoko” – faxriy imperator unvonini oldi.

1 may ertalab Tokio markazidagi imperator saroyida 59 yoşli Naruxitoning taxtga ötirişi marosimi bölib ötadi. Unda yangi imperatorning rafiqasi Masako, imperator oilasi a'zolari, boş vazir Sindzo Abe, vazirlar, oliy sud sudyalari, parlament rahbariyati, mahalliy hokimiyat vakillari iştirok etişadi. Biroq marosimda sobiq imperator va uning rafiqasi iştirok etişmaydi.

Yangi imperatorga uning vakolati ramzlari – davlat va imperator muhrlari, qiliç, qimmatbaho toş va metall közgu topşiriladi.  

Söngra Naruxito yangi monarx sifatida millatga ilk murojaati bilan yuzlanadi. 

Naruxito Yaponiyaning Ikkinçi jahon uruşi vaqtidagi kapitulyatsiyasidan keyin tuğilgan ilk yapon monarxi böladi. U Tokiodagi nufuzli “Gakusyuin” universiteti va Oksfordni tamomlagan. Yangi imperatorning rafiqasi 55 yoşli Masako Yaponiyadagi taniqli diplomatning qizi bölib, Tokio universiteti va Garvardni tamomlagan. Yangi imperator juftligining Ayko ismli 18 yoşli bir qiz farzandi bor.