Oksford internet instituti (OII) olimlari 50 yildan keyin Facebook’dagi marhum foydalanuvçilar soni tirik foydalanuvçilar sonidan köproq bölişini aniqlaşdi. Bu haqda EurekAlert xabar bermoqda.

Tadqiqot natijalariga köra, 2100 yilga kelib, ijtimoiy tarmoqlarning 1,4 mlrd foydalanuvçisi vafot etadi. Şu tariqa, 2070 yildayoq ijtimoiy tarmoqning marhum foydalanuvçilari soni tirik foydalanuvçilarga qaraganda köproq böladi. 

Tahlil ikkita ssenariyni nazarda tutadi:

Foydalanuvçilar soni 2018 yildagi darajada qoladi. Ana şunda Osiyo mamlakatlaridagi marhum foydalanuvçilar uluşi asr söngiga kelib jami miqdorning 44 foizini taşkil etadi. Uşbu profillardan deyarli yarmi Hindiston va Indoneziyaga töğri keladi va 2100 yilga kelib 279 milliondan sal kamroq körsatkiçni taşkil etadi. 

Facebook auditoriyasi joriy ösiş sur'atini davom ettiradi, ya'ni barça mamlakatlarda maksimum körsatkiçga yetgunga qadar har yili 13 foizga ösişni qayd etadi. Bu holatda asr söngiga kelib, marhum foydalanuvçilar soni 4,5 milliard kişidan ortişi mumkin. Bunda Afrika eng tez ösuvçi uluşni taşkil etadi, Nigeriya esa yetakçiga aylanadi. Ğarb mamlakatlaridan birinçi öntalikka mazkur toifa böyiça faqat AQŞ kiradi.

OII olimlari mazkur statistika vafotidan keyin qoldirilgan ma'lumotlarga egalik huquqi va undan qanday foydalanilişi böyiça yangi savollarni yuzaga keltirişini qayd etişmoqda.

Facebook faol foydalanuvçilari soni 2017 yilning törtinçi çoragida 2,13 mlrdni taşkil etdi. Har kuni dunyo böyiça 1,4 mlrd kişi mazkur tarmoqdan foydalanmoqda. Ulardan 185 millioni AQŞ va Kanadaga, 278 millioni Yevropaga, 561 millioni Osiyo-Tinç okeani mintaqasiga va 470 millioni boşqa bozorlarga töğri kelmoqda.